Abbosbek Fayzullayev kim?
Abbosbek Fayzullayev — O‘zbekiston futbolining yosh yulduzi
Abbosbek Sayidjon o‘g‘li Fayzullayev 2003-yil 3-oktyabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 167 sm bo‘yli qanot futbolchisi hozirda Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubida 11-raqamda o‘ynaydi. U «Paxtakor» akademiyasida yetishib chiqqan. 2021-yilda «Turon»ga qarshi o‘yinda O‘zbekiston Superligasida debyut qilgan. 2022-yil 29-iyunda «Bunyodkor» darvozasiga birinchi golini urgan. O‘sha yili Osiyo Chempionlar Ligasida «At-Taavun»ga qarshi o‘yinda (5:4) ilk golini kiritgan. 2023-yil 4-avgustda Moskva CSKA bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2025-yil 30-iyulda «Istanbul Başakşehir»ga o‘tib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan. 2025-yil 21-avgustda Konferensiyalar Ligasi saralashida «Universitatea Krayova»ga qarshi o‘yinda (1:2) yangi klubi safida debyut qilgan. 29-noyabr kuni Superligada «Kasımpaşa» darvozasiga (3:1) jarima to‘pidan ilk golini urgan. 22-dekabr 2025-yilda «Gaziantep»ga qarshi o‘yinda (5:1) ikkinchi golini kiritgan. Milliy terma jamoada 2023-yil 11-iyunda Ummon ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda debyut qilgan. 17-iyunda Tojikistonga qarshi o‘yinda (5:1) ilk golini urgan. 2024-yil 14-noyabrda JCh-2026 saralashida Qatar darvozasiga (3:2) dubl qayd etgan. 2026-yil 17-iyunda JCh-2026 final bosqichida Kolumbiya darvozasiga (1:3) terma jamoa tarixidagi ilk golni kiritgan.
«Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2021-yil 6-mayda «Turon»ga qarshi o‘yinda O‘zbekiston Superligasida debyut qilgan. 2022-yil 29-iyunda «Bunyodkor» darvozasiga ilk golini urgan. 2022-yil 26-aprelda «At-Taavun»ga qarshi o‘yinda (5:4) Osiyo Chempionlar Ligasidagi debyut golini kiritgan. 2022-yil 23-avgustda O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida «Sho‘rtan»ga qarshi o‘yinda (5:0) karyerasidagi ilk dublni qayd etgan.
2023-yil 4-avgustda Moskva CSKA bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 19-avgustda «Dinamo»ga qarshi o‘yinda (1:2) 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyut qilgan. 2023-yil 16-sentabrda Rossiya chempionatida «Krylya Sovetov»ga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushib, Fedor Chalovga golli uzatma bergan va «armeytslar» safidagi ilk samarali harakatini amalga oshirgan. 24-sentabrda «Rostov»ga qarshi o‘yinda (3:3) CSKA safidagi ilk golini urgan.
2025-yil 30-iyulda Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubiga o‘tib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan. 2025-yil 21-avgustda Konferensiyalar Ligasi saralashida Ruminiyaning «Universitatea Krayova» klubiga qarshi o‘yinda (1:2) 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, yangi klubi safida debyut qilgan. 29-noyabr kuni Superligada «Kasımpaşa» klubiga qarshi o‘yinda (3:1) Fayzullayev «Istanbul Başakşehir» safidagi debyut golini jarima to‘pidan urgan. 2025-yil 22-dekabrda «Gaziantep»ga qarshi o‘yinda (5:1) klub safidagi ikkinchi golini kiritgan.
Abbosbek Fayzullayev — O‘zbekiston futbolining yosh yulduzi
Shu sahifada: grafiklar, karyera va mukofotlar.
Quyidagi tanlov va Yangiliklar bo‘limida.