PFL chempioni Usmon Nurmagomedov ESPN tuzgan 30 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi 30 MMA jangchisi reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Birinchi o‘rinni UFCning 24 yoshli engil vazn chempioni Joshua Van egalladi. Uchinchi o‘rinda 29 yoshli, UFCning yarim engil va engil vaznlarida sobiq chempion Ilia Topuriya joylashdi.
Top-30 ro‘yxatidan 25 yoshli rossiyalik UFC jangchisi Baysangur Susurkaev ham joy oldi. U 2025-yilda Dana Uaytning Pretenent seriyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va to‘rt kun o‘tib UFC 319 turnirida debyut qilib, g‘alaba qozondi.
28 yoshli Nurmagomedov professional faoliyatida 23 marta jang qilgan. Uning hisobida 22 g‘alaba va mag‘lubiyat yo‘q, yana bir jang natijasiz deb topilgan.

Izohlar
—
Hisob shart emas — ism yozing va yuboring.