Эльдор Шомуродов kim?
Eldor Shomurodov — O‘zbekiston terma jamoasi sardori va eng yaxshi bombardiri
Eldor Azamat o‘g‘li Shomurodov 1995-yil 29-iyunda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi 190 sm, pozitsiyasi — hujumchi. Hozirda Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubida o‘ynaydi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori hisoblanadi. Shomurodov terma jamoa tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi. U «Mash’al», «Bunyodkor», «Rostov», «Genoa», «Roma», «Spezia», «Cagliari» kabi klublarda to‘p surgan. 2025/26 mavsumida Turkiya chempionatining eng yaxshi bombardiri bo‘lgan. 2021/22 yilgi UEFA Konferensiyalar ligasi g‘olibi, 2022/23 yilgi UEFA Yevropa ligasi finalchisi. Ikki marta — 2019 va 2021-yillarda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2025-yil 6-iyunda «O‘zbekiston iftixori» davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Eldor Shomurodov — O‘zbekiston terma jamoasi sardori va eng yaxshi bombardiri
Shu sahifada: grafiklar, karyera va mukofotlar.
Quyidagi tanlov va Yangiliklar bo‘limida.